Nyu-York shtatida maktab o`quvchilari bo`lgan avtobus yo`l o`tkazgichga urilib ketishi oqibatida 40 dan ziyod kishi jabrlandi, deb yozadi RIA Novosti “ABC” telekanali tarqatgan xabarga asoslanib.
Yo`l transport hodisasi kecha tunda Long-Aylendda sodir bo`lgan. To`qnashuvda avtobusning tomi ham qo`porilib tushgan.
Shtat polisiyasi vakili Devid Kandelarianing ma`lum qilishicha, avtobus salonida bo`lgan 44 yo`lovchidan 42 nafari jabrlangan. Ularning ko`pchiligi jiddiy jarohat olgan.
Xabarda qayd etilishicha, avtobus Evropa sayohatidan qaytgan o`quvchilarni Jon Kennedi xalqaro aeroportidan olib ketayotgan bo`lgan. Yo`l transport hodisasiga esa haydovchining avtomagistralda harakatlanishda mahalliy shart-sharoitdan bexabarligi sabab bo`lgan.
09.04.2018 12:42
AQShda maktab o`quvchilari bo`lgan avtobus YTHga uchradi






