Sosializmning yangi davrida Xitoy to`rt tamoyilga muvofiq rivojlanadi: izchil islohotlar, taraqqiyotni tezlashtiruvchi faol choralar, ochiqlikni kuchaytirish va butun dunyoga ko`mak dasturlarini kengaytirish. Bu haqda Xitoy rahbari Si Szinpin bayonot berdi.
“Biz mamlakatimizdagi vaziyatni islohotlar va o`zgarishlar orqali yaxshilab boramiz, innovasiya va taraqqiyot borasida jiddiy qadamlar qo`yiladi. Va nihoyat ochiqlik va dunyo bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali butun insoniyat rivojiga o`z hissamizni qo`shamiz”, dedi u Janubiy Xitoyda o`tkazilayotgan Osiyo iqtisodiy forumining ochilish marosimida.
Ria Novostining yozishicha, Si Szinpin shuningdek, mamlakatning rivojlanish darajasidan qat`i nazar, hech qachon boshqa davlatlarga yoki dunyoda o`rnatilgan tartiblarga tahdid solmaydi, deb ta`kidlagan.
Osiyo Iqtisodiy Forumi 2001 yildan buyon janubiy Xaynan orol viloyatida o`tkaziladi. Bu yil forum ("Osiyo Davosi" deb ham ataladi) "Shaffof va innovasion Osiyo - jahon farovonligi uchun" shiori ostida o`tkazilmoqda.
Forumda Filippin Prezidenti, Avstriya federal prezidenti, Mo`g`uliston, Yangi Zelandiya, Pokiston va Singapur Bosh vazirlari, Xitoyning yuqori martabali rahbarlari ishtirok etishmoqda. 11 aprelga qadar o`tadigan yig`inlar kun tartibidan yirik savdo, iqtisodiy va siyosiy masalalar o`rin olgan.






