AsosiyDunyo

Qirg`izistonda Chingiz Aytmatov nomidagi orden ta`sis etilishi mumkin

' Qirg`izistonda Chingiz Aytmatov nomidagi orden ta`sis etilishi mumkin'ning rasmi

Parlamentning ayrim deputatlari adabiyot, kinematografiya va boshqa san`atlar sohasidagi ko`zga ko`rinarli yutuqlar uchun Qirg`izistonda “Chingiz Aytmatov” ordeni ta`sis etilishi borasida taklif bilan chiqdi.

Mukofot sermahsul ijodiy faoliyat, gumanizm g`oyalarini ilgari surish, tinchlikni mustahkamlash va insoniyatning ma`naviy taraqqiyoti uchun chet ellik fuqarolarga ham topshirilishi mumkin.

Tashabbuschilar Chingiz Aytmatov zamonamizning mashhur yozuvchisi va faylasufi, shuningdek, qirg`iz adabiyoti va ijodining ramzi ekanligini ta`kidlashgan. O`zining ijodi va xalqaro jamoatchilik faoliyati bilan yozuvchi jahon adabiyoti va san`atining rivojiga hissa qo`shgan. Bundan tashqari, yangi davlat mukofotining ta`sis etilishi 2018 yilda Chingiz Aytmatovning 90 yillik yubileyi nishonlanishiga to`g`ri kelmoqda.

Qonun loyihasi Jo`qorg`u Keneshga ko`rib chiqish uchun havola qilingan. Bugungi kunda Qirg`iziston davlat mukofotlari ro`yxatida 6 ta orden bor bo`lib, bular – I, II, III darajali «Manas», «Qurbonjon dodho», «Danaker», «Dank», «Do`stuq» va «Botir ona» ordenlaridir.

    Boshqa yangiliklar