AsosiyDunyo

Klaviaturada tez matn terish siri topildi

'Klaviaturada tez matn terish siri topildi'ning rasmi

Finlyandiyaning Aolto universiteti olimlari matnni qanday qilib to`g`ri va tez terish mumkin, degan savolga javob topishdi. Bu boradagi tadqiqot natijalari Sciency Daily jurnalida chop etildi.

Sinov dunyoning 200 mamlakatida maxsus veb-saytda ro`yxatdan o`tgan 169 ming kishi ishtirokida o`tkazildi. Tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, matnni tez teradiganlar nisbatan kam xato qilishadi. Aksincha, sekin teradiganlar harf qidirish va xatolarni tuzatishga ko`proq vaqt sarflaydilar.

Tez terishning yana bir xususiyati bir vaqtning o`zida bir nechta tugmachalarni bosishdir. Tez matn teruvchilar keyingi belgini ham deyarli bir vaqtda bosa oladi.

O`rtacha matn teruvchilar minutiga 52 ta so`z tergan. Olimlarning aytishicha, bu juda kam. Negaki, o`tgan asrning saksoninchi yillarida yozuv mashinkasida shuncha vaqtda 60-90 ta so`zni tera olganlar, tajribali mashinkachilar esa, 120 tagacha so`zni tera olishgan.

Tadqiqot natijalari asosida olimlar bir necha tavsiya ishlab chiqishdi. Bular, imkon qadar bexato yozish, chunki uni tuzatish ko`p vaqt oladi; kerakli tugmalarni oldindan bosish; oson bo`lishi uchun klaviaturaga qaramasdan matn terishni o`rganish. Olimlar, shuningdek, zarur ko`nikmani yo`qotmaslik uchun matn terish bilan tez-tez shug`ullanib turishni maslahat berishdi.

    Boshqa yangiliklar