11-15 aprel kunlari Samarqanddagi "Toyloq" sport bazasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo`yicha O`zbekiston chempionati bo`lib o`tadi, deya xabar O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati.
Ushbu mavsumda baydarka va kanoechilarimizni muhim musobaqalar kutib turibdi. Jumladan, 16-21 may kunlari Vengriyaning Seged, 23-28 may kunlari esa Germaniyaning Duysburg shaharlarida Jahon kubogining navbatdagi bosqichlari bo`lib o`tadi.
Shuningdek, avgust oyida terma jamoamiz a`zolari mavsumning eng muhim starti Indoneziyadagi XVIII Osiyo o`yinlarida ishtirok etishadi. Ertaga start oladigan O`zbekiston chempionati esa yuqorida sanab o`tilgan nufuzli musobaqalar oldidan sportchilarimiz uchun tayyorgarlik bosqichi vazifasini bajarishi ko`zda tutilgan.






