AsosiyDunyo

MDH a`zolari soni ko`payishi mumkinmi?

'MDH a`zolari soni ko`payishi mumkinmi?'ning rasmi

MDHning kengayiishi nazariy jihatdan mumkin, lekin bu masala hozir kun tartibida emas. MDH Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi, kecha 70 yoshga to`lgan Sergey Lebedev “TASS” axborot agentligiga bergan intervyusida shular haqida to`xtalib o`tdi.

“Nazariy jihatdan bu, albatta, MDHga a`zo barcha davlatlar roziligi bilan amalga oshishi mumkin, - dedi u Gruziyaning Hamdo`stlikka qaytishi hisobiga uning a`zolari soni ko`payishi mumkinligi to`g`risidagi savolga. – Lekin bugun bu masala kun tartibida turmayapti”.

Lebedev Hamdo`stlikning alohida mintaqalaridagi mamlakatlar o`rtasida hamkorlikning rivojlanishida MDH o`zi uchun xatar ko`rmayotganini ta`kidladi.

“Integrasiya – ko`p qirrali va ko`p vektorli jarayon. Jahon amaliyoti shuni ko`rsatmoqdaki, ko`plab davlatlar, aytaylik, bitta emas, ikkita va hatto bir nechta erkin savdo zonalarida ishtirok etmoqda”, - degandi u 15 mart kuni Ostonada bo`lib o`tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida.

Sergey Lebedevning ta`kidlashicha, Hamdo`stlik yuqori darajadagi doimiy va ochiq muloqot uchun noyob maydondir va bu murakkab masalalarni tezkorlik bilan echish imkonini beradi.

“Hamdo`stlik mamlakatlari prezidentlari tashkilotning zarur ekanligini va nafaqat uni saqlab qolish, balki yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish lozimligini bir necha bor tasdiqlashgan”, - dedi u.

Eslatib o`tamiz, MDH Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev yaqinda O`zbekistonning “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlangan edi.

    Boshqa yangiliklar