Buyuk Britaniyada safari vaqtida jirafa ovqat ilinjida mashina oynasini sindirdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Voqea Uest-Midlends grafligida joylashgan safari parkida yuz berdi. Jirafa ovqat izlab mashina oynasidan ichkariga mo`raladi. Qo`rqib ketgan haydovchi ayol oynani yopishga harakat qildi, biroq jirafa oynani sindirdi.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Ayol bu haqda zudlik bilan safari parki rahbariyatiga xabar berdi. Jirafani ko`rikdan o`tkazgan xodimlar uning tanasida kesilgan jarohatlar yo`qligini aniqlashdi.
Ma`lum bo`lishicha, safari parkning ayrim hududlarida tashrif buyuruvchilarga hayvonlarga emish berishga ruxsat beriladi. Biroq bunda mashina oynasi yarim ochiq holda bo`lishi, emish tashqariga uzatilishi talab etiladi.






