AsosiyDunyo

Ota “o`ta band” farzandlari bilan muloqot qilish uchun YouTube-kanalini yaratdi

'Ota “o`ta band” farzandlari bilan muloqot qilish uchun YouTube-kanalini yaratdi 'ning rasmi

Buyuk Britaniyada yashovchi 43 yoshli, besh farzandning otasi boshlarini telefondan ko`tarmaydigan farzandlari bilan muloqot qilish uchun YouTube-kanalini yaratdi, deb xabar berdi Layf nashri.

Jastin Smitning 10 va 11 yoshli qizlari, 22, 14 va 13 yoshli o`g`illari bor. Uning aytishicha, farzandlarining telefondan bosh ko`tarmasliklari uning joniga tekkan va tegishli chora ko`rishga qaror qilgan.

“Bolalarimning boshlarini xam qilgancha, telefonga tikilib o`tirishlaridan juda ham charchadim. Shundan keyin ular bilan muloqot qilish uchun YouTube-kanalini yaratishga qaror qildim”, deydi Jastin Smit.

Jastin boshqa ota-onalarni ham unga qo`shilishga da`vat qildi. Bolalari bema`ni videolarni tomosha qilgandan ko`ra, o`zining hayotini tomosha qilishlarini ma`qul ko`rdi.

    Boshqa yangiliklar