Moskva markazidagi uylardan biriga birdan o`t ketdi, deya xabar bermoqda ren.tv nashri.
Yong`in bir kishini bu hayotdan olib ketdi. Voqea joyiga etib kelgan o`t o`chiruvchilar qo`shni kvartiradagi to`rt kishini qutqarib qolishdi. Qo`shnilarning aytishicha, yong`in sodir bo`lgan kvartiradagi erkak ichkilikboz bo`lgan va ehtimolki, sigaret tutatib uxlab qolgan.
Yong`in oqibatida kvartiraning keksa sohibasi ham jabrlangan.






