AsosiySport

Ispaniya guruhda qolib ketdi va boshqa natijalar (VIDEO)

Braziliyada davom etayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati ishtirokchilari 2-tur uchrashuvlarini o`tkazishmoqda.

“A” va “B” guruhlarida 2-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. “A” guruhida Kamerun hamda Xorvatiya terma jamoalari uchrashuvida epropaliklari yirik 4:0 hisobida g`alaba qozonishdi. Uchrashuvda Olich 11, Perishich 48,  Mandjukich 61 va 73 daqiqalarda gollar kiritishdi.

“B” guruhida  Gollandiya terma jamoasi qiyinchilik bilan Avstraliya ustidan 3:2 hisobida g`alaba qozondi.

Chili esa amaldagi jahon chempioni Ispaniyani musobaqadan chiqarib yubordi.  Ushbu uchrashuvda 2:0 hisobida chililik futbolchilar ustun kelishdi.  Uchrashuvning 20 daqiqada  Vargas hamda 43 daqiqada  Arangis kiritdi. Demak, “B” guruhidan Ispaniya hamda Avstraliya 3-turni o`tkazib uylariga qaytishadi. Chili hamda Gollandiya terma jamoalari nimchorak finalga yo`l olishdi.

Bugun 21:00 da Kolumbiya-Kot-d'Ivuar, 00:00 da Angliya-Urugvay hamda 03:00 da Yaponiya-Gresiya uchrashuvlari bo`lib o`tadi.  

    Boshqa yangiliklar