AsosiyDunyo

Britaniyalik ayol jonli efirda burnini “yulib oldi” (Video)

'Britaniyalik ayol jonli efirda burnini “yulib oldi” (Video)'ning rasmi

Angliyada yashovchi, autoimmun kasalligidan aziyat chekuvchi Jeyn Xardman tonggi This Time Next Year teleshousining jonli efirida xastalik oqibatida burnidan ajralganligini ko`rsatdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

U granulematoz tufayli burnidan ajralganligini, shifokorlar magnitli, kosmetik protez burun yasab berganliklarini gapirib berdi va burnini “yulib oldi” va joyiga o`rnatib, buni tomoshabinlarga namoyish qildi.

Ayol bunday protez burunni taqib yurish uchun yuz suyagiga magnit o`rnatish operasiyasini boshdan kechirdi.

Vegener granulematozi juda tez avj oluvchi og`ir xastalik bo`lib, mayda va o`rta qon tomirlarini, kapillyarlarni, arteriyani, yuqori nafas yo`llarini, ko`zni, buyrakni, o`pkani va boshqa tana a`zolarini ishdan chiqaradi.



Boshqa yangiliklar