1

AQSh vise-prezidenti Rossiyani sanksiyalar bilan ko`mib tashlashga va`da berdi

Dunyo 19.06.2014, 10:42
AQSh vise-prezidenti Rossiyani sanksiyalar bilan ko`mib tashlashga va`da berdi

AQSh vise-prezident Jo Bayden Ukraina hukumatiga Rossiyani sanksiyalar bilan ko`mib tashlashga va`da berdi. 

Bu haqda u Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan telefon orqali bo`lgan suhbatda ma`lum qildi, deya yozadi Vesti.ru

“Vise-prezident qayd qilishicha, Rossiyani (Ukraina sharqiga) qilayotgan ta`siri uchun javob beradi va bu javobni qiyinlashtirish ustida AQSh o`z hamkorlari bilan ish olib bormoqda”,-deyiladi Oq uy xabarida. 

Bayden fikricha, Rossiya Donesk va Lugansk viloyatlaridagi ko`ngillilarga ta`sirini to`xtatmayapti hamda qurol va xarbiy xodimlarni yuborishda davom etmoqda.

Shuningdek, Bayden Poroshenkoni Ukraina sharqida tinchlikni tiklash uchun qilayotgan harakatini qo`llamoqda va ukrainalik xarbiylarning halok bo`lgani munosabati bilan ularning yaqinlariga ta`ziya  bildirdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1