Krishtianu Ronalduning “Yuventus” jamoasi bilan kechgan matchdagi qaychi usulidagi zarbasini takrorlamoqchi bo`lgan argentinalik jurnalist oyog`ini sindirib oldi, deya xabar qilmoqda News.day.az nashri.
Canal Doce telekanalining jurnalisti Manuel Sanches shikastlanishdan qochish uchun erga matras to`shab olgani foyda bermadi. Jurnalist havoga sakrab, erga chap oyog`i bilan tushdi.






