AsosiyDunyo

Yoz faslining eng kutilayotgan filmlari (Foto)

'Yoz faslining eng kutilayotgan filmlari (Foto)'ning rasmi

Shu kunlarda yoz faslining eng intiqib kutilayotgan filmlar ro`yxati e`lon qilindi, deya ma`lum qilmoqda Gazeta.ru nashri.

Tom Kruz ishtirokidagi “Bajarib bo`lmas topshiriq: Oqibatlar” ekshni, Keyt Blanshett, Sandra Ballok kabi yulduzlar bosh rolda bo`lgan “Oushenning sakkiz dugonasi” hamda Marvel komikslariga asoslangan “Qasoskorlar: Cheksizlik jangi”, “Dedpul 2” va “Chumoli-odam va Ari” superqahramonlik kartinalari ro`yxatning eng old qatoridan joy oldi.

Shuningdek, “Yulduzlar jangi”ning spin-offi “Xan Solo.Yulduzlar jangi:Hikoyalar”, “Superoila 2” animasion filmi, qolaversa, “Mamma Mia 2”, dinozavrlar haqidagi triller “Yura davri bog`i 2”, “Reinkarnasiya” xorrorlari kuchli o`ntalikka kirgan.

Boshqa yangiliklar