AsosiyDunyo

Vladimir Putin JCh-2014 final uchrashuviga tashrif buyuradi

Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin 13 iyul kuni Braziliyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati final uchrashuviga keyingi jahon chempionatini qabul qiluvchi mamlakat rahbari sifatida tashrif buyuradi. 

Bu haqda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov ma`lum qildi. “13 iyul kuni prezidentning jahon chempionati final uchrashuvida qatnashishi rejalashtirilgan. Bu Rossiyaning navbatdagi jahon chempionatini qabul qilishi bilan bog`liq”,-dedi Ushakov. 

Uning so`zlariga ko`ra, uchrashuvdan so`ng estafetani Rossiya qabul qilish marosimi bo`lib o`tadi. 

Avvalroq, FIFA prezidenti Yozef Blatter Rossiya federasiya prezidentini kutayotganini ma`lum qildi. Putin shu kuni JCh-2018 tashkilotchisi majburiyatini oladi.  
Shuningdek, Putin 15 iyul kuni Braziliyada bo`lib o`tadigan BRIKS sammiti yig`ilishida ishtirok etadi.  

Eslatib o`tamiz, JCh-2014 final uchrashuvi 13 iyul kuni Rio-de-Janeyrodagi “Marakana” stadionida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar