AsosiySport

Italiya mag`lubiyatga uchradi va boshqa natijalar (VIDEO)

Braziliyada davom etayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati ishtirokchilari 2-tur uchrashuvlarini o`tkazishmoqda.

Kecha “D” guruhi vakillari Italiya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tdi. Kosta-Rika futbol olamini hayratga solishdan to`xtamayapti. Ular Italiya terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida g`alabaga erishib, ikkinchi turdan so`ng 6 ochko bilan guruh bosqichidan muddatidan avval chiqishdi.Guruhda Italiya hamda Urugvay terma jamoalari imkoniyatlari saqlanib turgan bo`lsa, Angliyada guruhdan chiqish imkoniyatidan mahrum bo`ldi.

“D” guruhi

Kosta-Rika 2-6

Italiya 2-3

Urugvay 2-3

Angliya 2-0

Fransiya Shveysariya terma jamoasi ustidan yirik 5:2 hisobi zafar quchib, “E” guruhi peshqadamiga aylandi.

Ushbu guruhning qolgan vakillari Gonduras-Evkador terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda ekvadorlik futbolchilarning qo`li baland keldi - 2:1.

“E” guruhi

Fransiya 2-6

Ekvador 2-3

Shveysariya 2-3

Gonduras 2-0

    Boshqa yangiliklar