AsosiySport

Mixael Shumaxer umrbod nogiron bo`lib qolishi mumkin

“Formula-1” bo`yicha etti kara jahon chempioni Mixael Shumaxer yarim yillik komadan chiqdi va Grenobledagi shifoxonadan reabilitasion klinikaga o`tkazildi.

Endi sportchi uzoq muddatli tiklanish muolajalarini o`tkazadi. Mashhur avtopoygachini kelajakda nimalar kutayotgani haqida Shveysariyaning 20 Minuten nashriga Syurix klinikasi xodimi, neyroxirurg Erix Riderer so`zlab berdi.

“Shumaxerning taqdiri nima bo`ladi? Birinchidan uni uzoq muddatli va qiyin kechadigan reabilitasiya muolajalari kutmoqda. U  Shveysariyada davolanadi. U har kuni qiyin bo`lgan mashqlarni bajarishi kerak. Avvaliga, u odamlar bilan gaplashishni, o`zining tanasini va elektrik nogironlar aravachasini boshqara olishni o`rganishi kerak. Bu uchun yarim yil ketishi mumkin”,-deydi Erix Riderer.

“Mixael 6 oy komada bo`ldi.  Uning mushaklari lat egan va deyarli ishlash qobilyatini yo`qotgan. Agar siz uni hozir ko`rsangiz dahshatga tushgan bo`lar edingiz. Sportchini tanib bo`lmaydi. Menimcha, u umrbod nogiron bo`lib qoladi va umrining oxirigacha atrofdagilar yordamiga muhtoj bo`ladi. Men yanglishgan bo`lay, ammo bu jarohatlar bilan kamdan-kam insonlar  normal hayotga qaytadi”,-dedi shifokor.

Shumaxer 2013 yil dekabr oyi oxirida jiddiy jarohat olgan va o`shandan bo`yon Grenobledagi klinikada koma holatida bo`ldi. 16 iyun kuni esa sportchi komadan chiqqani haqida xabar berilgan va Lozannadagi reabilitasiya klinikasiga ko`chirilgan.      

    Boshqa yangiliklar