AsosiyDunyo

Mey deputatlar oldida javob beradi

'Mey deputatlar oldida javob beradi'ning rasmi

Bugun Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Birlashgan Qirollik parlamentida Amerika Qo`shma Shtatlari va Fransiyaning Suriyadagi harbiy harakatlarga qo`shilish sabablarini gapirib beradi.

U Suriyaning Duma shahrida 7 aprelm kuni kimyoviy qurol qo`llanilganiga shubha yo`qligini va ayni shu xolat mamlakat hududiga hujumning bosh sababi ekanini ta`kidlab kelmoqda. TASSga kelib tushgan ma`lumotda qayd etilishicha, Mey Xalqaro hamjamiyat Londonga bu borada e`tiroz bildirmayotganiga e`tibor qaratadi. "Biz buni to`g`ri deb bilganimiz uchun qildik, biz yolg`iz emasmiz va xalqaro miqyosda qo`llab-quvvatlovimiz bor", deydi Mey.

Eslatib o`tamiz, 14 aprelga o`tar kechasi AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriya bo`ylab raketa zarbalarini berdi. Bu harakatlarni Suriyaning Duma shahrida 7 aprel kuni amalga oshirilgani taxmin etilgan kimyoviy hujumga javob deb xisoblashmoqda. Suriya hukumati esa kimyoviy hujumni inkor etdi va G`arb mamlakatlari zarbalarini chegaralar daxlsizligiga tajovuz deb atamoqda.

    Boshqa yangiliklar