AsosiySport

OChL. Bugun «Nasaf» guruh bosqichida so`nggi o`yinini o`tkazadi

'OChL. Bugun «Nasaf» guruh bosqichida so`nggi o`yinini o`tkazadi'ning rasmi

Bugun, 16 aprel kuni Osiyo chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Nasaf" jamoasi guruh bosqichidagi so`nggi uchrashuvda maydonga chiqadi.

Vakillarimiz bugun Birlashgan Arab Amirliklarida "Al Vasl" jamoasi mehmoni bo`ladilar. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

OChL-2018. “S” guruhi, 6-tur

“Al Vasl” (BAA) – “Nasaf” (O`zbekiston)

16.04.2018. “Al Vasl” stadioni. 20:00

Bosh hakam: Amirul Izvan Yoqub (Malayziya)

Qanot hakamlari: Yusri Bin Muhammad (Malayziya), Azi Bin Zaynal (Malayziya)

Zaxira hakami: Juffri Bin Ali (Malayziya)

Ma`lumot uchun, qarshiliklar beshta uchrashuvdan so`ng etti ochko jamg`argan holda guruhda uchinchi o`rinni egallab turibdilar. "Al Vasl" bungacha umuman ochko ishlay olmagan.

Guruhda birinchi o`rinni 12 ochko bilan Qatarning "Al Sadd" jamoasi band etgan. Ikkinchi pog`onani esa 10 ochko to`plagan Eronning "Persipolis" jamoasi egallab turibdi.

Bugungi uchrashuvlar natijasidan qat`iy nazar, "Al Sadd" va "Persipolis" klublari Chempionlar ligasining pley-off bosqichida kurashni davom ettirishadi. "Nasaf" esa musobaqani guruh bosqichida yakunlaydi.

    Boshqa yangiliklar