Halqaro futbol asosiasiyasining xavfsizlik xizmati boshlig`i Ralf Muchke jahon chempionati-2014 doirasidagi Braziliya hamda Kamerun terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv kelishilgan ruhda o`tishi mumkinligini aytmoqda. Bu haqda Muchke mahalliy OAVlarga bergan intervyusida ma`lum qilgan.
Luis Felipe Skolari shogirdlariga guruhdan chiqishi uchun durang natija ham kifoya, Kamerun terma jamoasi esa ikki uchrashuvda ham mag`lubiyatga uchradi va guruhdan chiqish imkoniyatini yo`qotgan. Bu uchrashuv ularga ahamiyatsiz.
“Qolgan uchrashuvlar tartibiga e`tibor qaratsak, bu uchrashuv juda g`ayrioddiy o`tishi mumkin”,-deydi Muchke.
Braziliya-Kamerun uchrashuvi 24 iyun kuni Mane Garrinchi nomidagi stadionda bo`lib o`tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
Mart oyida Muchke JChda kelishilgan o`yinlar o`tkazilishi mumkinligi haqida aytib, FIFAning ularga qarshi kurashish vositalari mavjudligini qayd qilib o`tgan, deya xabar bermoqda ITAR-TASS.
“Guruh bosqichida bir jamoaning pley-offga chiqish imkoni qolmagani, ikkinchi jamoaga esa aksincha ochko suv va havodek zarur bo`lganida uchrashuv qanday o`tishi gumon ostida qoladi”,-deydi Ralf Muchke.