AsosiyMadaniyat

O`zbek va tojik san`atkorlarining “Do`stlik kechasi” Toshkentda o`tkaziladi

'O`zbek va tojik san`atkorlarining “Do`stlik kechasi” Toshkentda o`tkaziladi'ning rasmi

Tojikiston madaniyat vazirligining kengaytirilgan yig`ilishida, o`zbek va tojik san`atkorlari ishtirokidagi navbatdagi “Do`stlik kechasi” Toshkentda bo`lib o`tishi haqida gapirildi...

Bu haqda Asia-Plus nashri xabar bergan. O`zbek va tojik san`at ustalarining navbatdagi qo`shma konserti Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O`zbekistonga davlat tashrifi davomida o`tkaziladi.
Emomali Rahmonning O`zbekistonga davlat tashrifi sanasi hozircha ma`lum emas.

Eslatib o`tamiz, Dushanbedagi “Ko`hi Borbad” san`at saroyida 9-mart kuni bo`lib o`tgan “Do`stlik kechasi” konsertida 250 nafardan ortiq tojik, 100 nafar o`zbek san`atkori ishtirok etgandi.

Boshqa yangiliklar