Turkmanistonning 30 yoshgacha bo`lgan yigitlarini mamlakatdan tashqariga chiqarmaslik haqida farmoyish chiqarildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri Dashovuz viloyati migrasiya xizmati va mahalliy aholi began ma`lumotga tayangan holda.
Hukumat vakillarining ma`lumot berishicha, mamlakat fuqarolarining xavfsizligini ta`minlash uchun shunday chora-tadbirlar belgilangan. Chet elga ketish niyatida chipta olgan yoshlarning chipta puli qaytarib berilgan.
“27 yoshli tanishim xorijga ketish uchun chipta olgan edi. Uni viloyat migrasiya xizmati chaqirtirib, 30 yoshgacha bo`lgan yigitlarga chet elga chiqish taqiqlanganligi haqida farmoyish chiqarilganligini ma`lum qildi”, deb xabar berdi mahalliy aholiga tegishli fuqarolardan biri.






