AsosiyDunyo

Xitoy uezdini tirik odamlar uchun qazilgan qabrlar egalladi

'Xitoy uezdini tirik odamlar uchun qazilgan qabrlar egalladi'ning rasmi

Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Tunchen uezdida yosh xitoyliklar ommaviy ravishda qabrlarni sotib olmoqda, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Mamlakatning sharqiy qismida joylashgan Tunchen uezdida 80 ming nafar tirik odam kelajakda dafn etilishlari uchun qabrlarni sotib olgan. Ularning orasida hali 10 yoshga to`lmagan bolalar ham bor. Uezdda yashovchi aholining 95 foizini 60 yoshdan oshgan odamlar tashkil etadi, ular bilan bir qatorda yoshlar ham o`zlari uchun qabrlar sotib olishgan.

Yo`l chetidagi dala bo`m-bo`sh qablardan iboratdir. Ba`zi bir qabrtoshlarga egasining tug`ilgan yili va ismi-sharifi ham yozib qo`yilgan. Ularning bunday yo`l tutishiga milliy an`ana ham sabab bo`lgan. Urf-odatlarga ko`ra, 30 yoshgacha bo`lgan odam o`zining so`nggi manzilini oldindan belgilab olishi lozim. Mazkur udumga hamma har xil qaraydi.

Xitoyning Weibo Chenxi ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilaridan biri “er jamoatchilikning mulki” ekanligi haqida fikr bildirdi. Boshqa bir foydalanuvchi esa “odamlar er sotib olib, undan istagan maqsadida foydalanishlari mumkinligi” haqida izoh qoldirdi.

    Boshqa yangiliklar