AsosiySport

O`zbekiston Prezidenti sovrini uchun dunyo kurashchilari Shahrisabz shahrida gilamga tushadi

'O`zbekiston Prezidenti sovrini uchun dunyo kurashchilari Shahrisabz shahrida gilamga tushadi'ning rasmi

Kurash xalqaro assosiasiyasidan ma`lum qilinishicha, 19-23 aprel kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Amir Temur xotirasiga bag`ishlangan VII xalqaro turnirga mezbonlik qiladi.

1992 yildan buyon har 4 yilda o`tkazib kelinayotgan ushbu musobaqada kurashchilar 1996 yildan O`zbekiston Prezidenti sovrini uchun gilamga tushmoqda.

Bu yil 7 marotaba tashkil etilayotgan bellashuvlarda dunyoning 30 ga yaqin mamlakati polvonlari erkaklar o`rtasida 73, 81, 90 va mutlaq, ayollar o`rtasida esa 57 va 78 kilogramm vazn toifalarida g`oliblik uchun bahs olib boradi.

photo5382275783977969983.jpg

Xalqaro turnirning umumiy sovrin jamg`armasi 50 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Mutlaq vazn toifasida musobaqa g`olibligini qo`lga kiritgan kurashchi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 ming AQSh dollari bilan mukofotlanadi.

Amir Temur xotirasiga bag`ishlangan xalqaro turnirning mutlaq vazn toifasida turli yillarda quyidagi polvonlar g`olib chiqqan:

1992 yil - Abduqodir Pirmatov; (O`zbekiston)

1996 va 2000 yillar - Bahrom Avazov; (O`zbekiston)

2004 va 2008 yillar - Abdulla Tangriev; (O`zbekiston)

2012 yil - Samijon Ubaydullaev. (O`zbekiston)

O`zbek kurashi Indoneziyaning Jakarta shahrida o`tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o`yinlari tarkibiga rasman kiritildi. Amir Temur xotirasiga bag`ishlangan xalqaro turnir “Osiyo Olimpiadasi” oldidan qit`amiz kurashchilari uchun muhim tayyorgarlik bosqichi vazifasini ham o`taydi.

photo5382275783977969984.jpg

photo5382275783977969985.jpg

    Boshqa yangiliklar