Braziliyada davom etayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati ishtirokchilari 3-tur uchrashuvlarini o`tkazishmoqda.
Hozirga kelib 1/8 finalining ikki juftligi nomi ma`lum bo`ldi. Bular : Braziliya-Chili hamda Gollandiya-Meksika.
Braziliya Kamerun terma jamoasini kutilganidek mag`lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda Neymar 2 ta, Fred hamda Fernandinolar bittadan to`p kiritishdi. Kamerunliklar esa birgina gol bilan javob qaytarishdi - 4:1.
Shu guruhdan chiqish uchun Meksika hamda Xorvatiya terma jamoalari kurash olib borishdi. Ravshan Ermatov olib borgan uchrashuvda meksikalik futbolchilar 3:1 hisobida g`alabaga erishishdi.
“B” guruhida muddatidan avval pley-offga chiqqan Gollandiya hamda Chili terma jamoalari birinchi o`rin uchun kurashishdi. Ushbu uchrashuvda “uchar gollandlar” musobaqadagi uchinchi g`alabalariga erishishdi.
Guruhdan chiqish imkoniyatini ikkinchi turda yo`qotgan Ispaniya hamda Avstraliya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda 3:0 hisobi qayd etildi.
Bugun yana to`rtta uchrashuv bo`lib o`tadi. Toshkent vaqti bilan 21:00 da Italiya-Urugvay, Angliya-Kosta-Rika, 01:00 da esa Yaponiya-Kolumbiya, Gresiya- Kot-d'Ivuar uchrashuvlari bo`lib o`tadi.