Ayni daqiqalarda boks bo`yicha O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bo`lib turibdi, deb xabar bremoqda "Olamsport" nashri.
Terma jamoamiz delegasiyasi 2000-2001 yillarda tug`ilgan yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish maqsadida Tailand poytaxti Bangkok shahriga jo`nab ketmoqda. Qit`a chempionati 19-28 aprel kunlari oralig`ida bo`lib o`tadi.
Osiyo chempionatida 10 nafar o`g`il, 5 nafar qiz bola sportchilarimiz yurtimiz sport sharafini himoya qilishadi. Umumiy O`zbekiston delegasiyasi tarkibidan 26 kishi o`rin olgan.

Tarkib (o`g`il bolalar)
49 kg: Sodirbek Kamolmirzaev
52 kg: Samandar Xolmurodov
56 kg: Abdumalik Xalokov
60 kg: Ramazon Ziyatov
64 kg: Halimbek Utegenov
69 kg: Jahongir Rahmonov
75 kg: Navo Tamazov
81 kg: Temur Merjanov
91 kg: Javohir Tog`aymurodov
+91 kg: Jamshidbek Mahamadaliev

Tarkib (qizlar)
51 kg: Xursanoy Xolmatova
54 kg: Maftuna Fayzullaeva
57 kg: Nasiba Xayrullaeva
60 kg: Mahliyo Rahimova
75 kg: Navbahor Hamidova
Murabbiylar shtabi: Hamid Tangribergenov, Lochin Qo`chqorov, Behzod Hidirov, Davron G`ofurov, Farrux Qilichev, Sherzod Eshquvvatov







