1

Rossiyalik rassom Aleksey Dmitriev ijodiga oid ko`rgazma tashkil etildi (foto)

Madaniyat 19.04.2018, 17:46
Rossiyalik rassom Aleksey Dmitriev ijodiga oid ko`rgazma tashkil etildi (foto)

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san`ati muzeyida mamlakatimizda o`tayotgan Tasviriy va amaliy san`at festivali doirasida rossiyalik rassom Aleksey Dmitriev ijodiga oid ko`rgazma tashkil etildi.

Ko`rgazmada Leonid Solovyov qalamiga mansub "Xo`ja Nasriddin haqida hikoya" kitobiga rassom tomonidan ishlangan suratlar, chizgi va eskizlar tomoshabinlar e`tiboriga havola etilmoqda.

Quv hamda mug`ombir, topqir va hozirjavob Xo`ja Nasriddin xalqimizda Nasriddin Afandi nomi bilan ham mashhur. Bu jihatlar rossiyalik musavvir ijodida ham yaqqol aks etgan.

– Men bu san`at festivalida qatnashayotganimdan juda mamnunman, – deydi musavvir A.Dmitriev. – Mazkur ijodiy loyiha turli davlatlarning ijodkorlari bilan o`zaro fikr almashishda, ishlari bilan batafsil tanishishda, yangi-yangi nomlarning kashf etilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Biz talabalik chog`imizda bunday tadbirlar, festival va yirik ko`rgazmalar haqida faqat orzu qilar edik.

Tadbir doirasida rossiyalik rassom ishtirokida kitob grafikasi bo`yicha mahorat saboqlari ham o`tkazildi.

3.JPG

8 (1).JPG

16.JPG

17.JPG

23.JPG

24.JPG

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1