AsosiyMadaniyat

O`zbek telekanalida yana “Shaytanat”!

'O`zbek telekanalida yana “Shaytanat”!'ning rasmi

90-yillar oxirida suratga olingan “Shaytanat” seriali hatto bugungacha xalqning tilidan tushmaydi, desak mubolag`a bo`lmaydi.

O`zbekison xalq yozuvchisi Tohir Malikning asari asosida suratga olingan serialda 80-yillar voqealari, qo`shiqchi Elchin va uning atrofidagi mafiyaning taqdiri, qonli qilmishlari tasvirlangan.
O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev bilan bo`lgan suhbatda, ushbu serial tez orada “O`zbekiston” teleradiokanali orqali namoyish etilishi haqida aytdi.

Eslatib o`tamiz, “Shaytanat”da bosh rollarni O`zbekiston xalq artistlari Yodgor Sa`diev, Hayrulla Sa`diev, Erkin Komilov, Lutfulla Sa`dullaev, Gulchehra Jamilova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov, Ra`no Shodieva kabi mashhurlar ijro etishgan.

Serial O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Qalqon” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan. Ushbu studiyaga O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev rahbarlik qiladi.
Darvoqe, o`tgan yillarda “Shaytanat” O`zbekiston telekanallarida norasmiy taqiqqa olingan edi. Telekanallar ushbu serialni oxirgi 15 yil ichida umuman efirga uzatmadi.

Boshqa yangiliklar