AsosiyMadaniyat

O`zbek va hind kinematograflari hamkorlikda film suratga olishadi

'O`zbek va hind kinematograflari hamkorlikda film suratga olishadi'ning rasmi

Joriy yilning 19 aprel kuni Kalkutta shahrida Hindistonning kinematografiya soxasidagi etakchi institutlaridan biri "Satyajit Ray Film and Television Institute" raxbariyati bilan uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Unda ikki tomon vakillari kelgusida kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashda yaqindan xamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Shuningdek, «O`zbekkino» Milliy agentligi va Bengalning etakchi "Dev entertainment" prodyusserlik markazi bilan ishchi nomi «Cheksiz xursandchilik» (Hoichoi unlimited) bo`lgan qo`shma filmni tayyorlash bo`yicha memorandum imzoladilar. Memorandum imzolangandan so`ng "Satyajit Ray Film and Television Institute" institut faoliyati bilan tanishildi.

    Boshqa yangiliklar