1

Messining dubli Argentinaga g`alaba keltirdi (VIDEO)

Sport 26.06.2014, 09:54
Messining dubli Argentinaga g`alaba keltirdi (VIDEO)

Braziliyada davom etayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati ishtirokchilari 3-tur uchrashuvlarini yakunlashmoqda.

Kecha nimchorak finalga chiqqan yana 4 ta jamoa nomi ma`lum bo`ldi.  “F” guruhida Argentina  yuz foizlik natija bilan guruh bosqichini yakunladi. Uchinchi turda Messi va uning jamoadoshlari Nigeriya ustidan 3:2 hisobida ustun kelishdi.  Uchrashuvda Messi dubl qayd etganini ta`kidlash lozim. Hozirga kelib, Messi va Neymar hisobida 4 tadan gol mavjud.

Ushbu guruhdan ikkinchi o`rinni Nigeriya qo`lga kiritdi.  Bosniya terma jamoasiga Eron ustidan qozonilgan g`alaba ham yordam bermadi - 3:1.   

“E” guruhidan Fransiya va Shveysariya terma jamolari pley-off bosqichiga chiqishdi.  Fransiya hamda Ekvador terma jamoasi  o`rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0.

Shveysariya  Gonduras terma jamoasini yirik 3:0 hisobida mag`lub etdi.

Nimchorak finalda Argentina Shveysariyaga, Fransiya esa Nigeriyaga terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Bugun 21:00 da Ravshan Ermatov boshqaradigan Germaniya-AQSh, Portugaliya-Gana, 01:00 da Rossiya-Jazoir hamda Belgiya-Koreya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvlar bo`lib o`tadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1