1

General Motors Chevrolet Cruze avtomobili sotuvini to`xtatdi

Dunyo 26.06.2014, 11:05
General Motors  Chevrolet Cruze avtomobili sotuvini to`xtatdi

AQShning General Motors kompaniyasi Shimoliy Amerika bozorida Chevrolet Cruze turidagi avtomobillar sotuvini to`xtatdi. Bu haqda ITAR-TASS xabar bermoqda.

GM vakili Jim Keyn aytishicha, AQShdagi dillerlarga 2013-2014 yillarda ishlab chiqarilgan Chevrolet Cruze modelidagi avtomobillarni sotishni to`xtatish to`g`risidagi buyruq kelgan.  Ma`lum bo`lishicha, ushbu avtomobillarda Yaponiyaning Takata kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan xavfsizlik yostiqchalarida  nosozliklar kuzatilgan.  
“Nechta avtomobillar nosoz detal bilan jihozlanganini aniqlash maqsadida, biz etkazib beruvchi kompaniya bilan muzokaralar olib bormoqdamiz”,-deydi Keyn. 
Uning so`zlariga ko`ra,  avtomobillar bozordan qaytarib olinmaydi.  2012 yildan buyon General Motors  500 mingdan ortiq Chevrolet Cruze avtomobilini ishlab chiqardi.  
Yil boshidan GM 20 mln avtomobilni qaytarib oldi va yiliga qaytarib olingan avtomobillar soni bo`yicha o`z rekordini yangiladi. Undan avval kompaniya 2004 yilda 10,75 mln avtomobilini bozordan qaytarib olgan edi.
Ma`lumotlarga ko`ra, GM ishlab chiqargan avtomobillardagi nosozliklar sababli YTH oqibatida 12 kishi halok bo`lgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1