1

Turli mamlakatlarda nomi o`zgargan multfilmlar (Foto)

Dunyo 21.04.2018, 07:26
Turli mamlakatlarda nomi o`zgargan multfilmlar (Foto)

Yirik kompaniyalar o`z multfilmlarining lokalizasiyasi uchun o`z mahsulotlarini shunchaki tarjima qildirmaydilar, balki qisman qayta ishlaydilar ham, deya ta`kidlamoqda Bigpicture.ru nashri.

Quyida mashhur multfilmlarning turli mamlakatlar uchun qayta ishlangan variantlari keltirilgan.

1. “Jonivorlar shahri” / Zootopia (2016)

Ushbu multfilmda yangiliklarni AQSh va Kanada uchun bug`u Piter Losini olib borgan. Xitoyda uni panda bilan almashtirishgan. Avstraliya va Yangi Zelandiyada koalaga.

2. “Boshqotirma” / Inside Out (2015)

Mazkur multfilmda bosh qahramonga atalgan sabzavot Yaponiyada brokkoli ko`k qalampir bilan alishtirilgan.

3. “Olabo`jilar universiteti” / Monsters University (2013)

Multfilmning amerikacha talqinida Rendall keks pishirib, uni “Be my pal”, ya`ni “Menga do`st bo`l” yozuvi bilan bezaydi. Ko`pincha multiplikatorlar bunday yozuvlarni butun dunyo mitti tomoshabinlariga tushunarli bo`lishi uchun kartinachalar bilan alishtirishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1