Kaliforniyada istiqomat qiluvchi 80 yoshli ayol avtoxalokatga uchradi va mashina ag`darilib ketdi. Mashinaning eshigi berkilib qoldi va atrofga odamlar yig`ila boshlandi. Keksa ayolning turmush o`rtog`im ham avtomobil ichida bo`lgan va u avtoxalokatdan so`ng mashina ichidan chiqishga muvaffaq bo`lgan. Ammo keksa ayol vaqtni yo`qotmaslik uchun turmush o`rtog`ining uyali aloqa vositasini oyna tirqishi orqali olib, mashina ichidan turib, o`zini selfi qilishga tushdi. Bu haqda day.az xabar beradi.
Uning turmush o`rtog`i bunga qarshilik bildirmagan holatda u bilan suratga tushdi. Atrofdagilarning uyali aloqa vositalarida ham ushbu holat fotosuratlar orqali muhrlangan.