AsosiySport

Shahram G`iyosov AQShda ikkinchi jangini o`tkazdi

'Shahram G`iyosov AQShda ikkinchi jangini o`tkazdi'ning rasmi

AQShda faoliyatini davom ettirayotgan professional bokschimiz Shahram G`iyosov bundan bir necha daqiqa avval ikkinchi jangida ringga ko`tarildi, deb xabar bermoqda "Olamsport" nashri.

Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni bo`lgan Shahram G`iyosov professional ringdagi ikkinchi jangini vengriyalik Gabor Gorbisga qarshi o`tkazdi. Olti raundga mo`ljallangan jangda hamyurtimiz raqibini ochkolar hisobiga ko`ra mag`lubiyatga uchratdi.

Ma`lumot uchun, Gabor bungacha prof ringda 34ta jang o`tkazgan va shularning 24tasida g`alaba qozongandi (14tasi nokaut). Bugungisi bilan hisoblaganda mag`lubiyatlari soni 10taga etdi. Shahram esa professional boksdagi debyutini 10 mart kuni nishonlagan va o`shanda raqibini bir necha soniya ichida nokautga uchratgandi.

    Boshqa yangiliklar