Vetnamda O`zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi (foto)

Madaniyat 22.04.2018, 18:40
Vetnamda O`zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi (foto)

Vetnam Sosialistik Respublikasining poytaxti, go`zal Xanoy shahrida joylashgan Katta opera teatrida O`zbekiston madaniyat kunlarining ochilish marosimiga bag`ishlangan tantanali gala-konsert bo`lib o`tdi. Bu haqida Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Teatr foyesida O`zbekiston madaniyati, milliy an`ana, urf-odatlarini aks ettiruvchi fotoko`rgazma hamda amaliy san`at, hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi tashkillashtirildi.

Konsertda O`zbekiston xalq artisti Mahmud Namozov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Yahyo va Muhsin Mo`minovlar, el suygan xonanda va sozandalar, raqqosalarning ijro mahoratlari Vetnam shahri aholisida katta taasssurot qoldirgani ularning gulduros olqishlaridan ma`lum bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1