1

Suares raqibini tishlab olagani uchun to`rt oyga futboldan chetlatildi (FOTO)

Sport 27.06.2014, 12:56
Suares raqibini tishlab olagani uchun to`rt oyga futboldan chetlatildi (FOTO)

FIFA intizom qo`mitasi Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suaresga nisbatan jazo choralarini qabul qildi, deya xabar bermoqda uff.uz sayti.

Unga ko`ra, Luis Suares Urugvay terma jamoasi tarkibida to`qqizta rasmiy o`yindan chetlatildi. Hujumchi uchun bu jazo 28 iyunda Kolumbiya va Urugvay terma jamoalari o`rtasida 1/8 final doirasida kechadigan uchrashuvdan kuchga kiradi. Suares bu o`yinda va undan keyin o`tkaziladigan yana sakkizta rasmiy uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. 

Shu bilan birga Luis Suares to`rt oy davomida futbol bilan bog`liq har qanday faoliyat turi bilan (futbolchi, murabbiy, ma`muriy va boshqa soha) shug`ullanishi qat`iyan ta`qiqlandi. Luis Suares ta`qiq muddati davomida o`yinlar vaqtida har qanday futbol stadioniga kirish huquqidan mahrum etilgan. Shu bilan birga futbolchi 100 ming Shveysariya franki miqdorida jarima to`laydi.

Eslatib o`tamiz, Luis Suares Urugvay terma jamoasi tarkibida JCh guruh bosqichi, so`nggi turida Italiya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda raqib himoyachisi Kellinini tishlab olgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1