1

Ikki davlat o`rtasida 2019 yilga mo`ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi

Siyosat 23.04.2018, 17:44
Ikki davlat o`rtasida 2019 yilga mo`ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi

Ko`ksaroydagi muzokaralardan so`ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qo`shma bayonotni imzoladilar.

Mintaqalararo hamkorlik to`g`risida Hukumatlararo bitim, 2018-2020 yillarga mo`ljallangan transport sohasida hamkorlik to`g`risida hamda 2019-2021 yillarda mo`ljallangan ilmiy-texnikaviy hamkorlik to`g`risida Hukumatlararo dasturlar, O`zbekiston va Turkmanistonda savdo uylarini tashkil etish, ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari o`rtasida ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to`g`risida bitimlar, O`zbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vairliklari o`rtasida 2019 yilga mo`ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Ikki tomonlama hamkorlikni qishloq xo`jaligi, ta`lim, sport, yoshlar, xotin-qizlar masalalari sohalarida yanada mustahkamlashga doir qator hujjatlar qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan Turkmaniston Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi o`rtasida o`simliklar karantini sohasida hamkorlik qilish to`g`risida bitim, O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi bilan Turkmaniston kasaba uyushmalari Milliy markazi o`rtasida va ikki davlat Xotin-qizlar qo`mitalari o`rtasida Anglashuv memorandumlari, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan Turkmaniston Yoshlar tashkiloti o`rtasida Anglashuv memorandumi shular jumlasidandir.

e39fe3b9-de52-d87c-fd9f-41ad87189564.jpg

Shuningdek, tashrif doirasida oliy o`quv yurtlari o`rtasida va axborot-kommunikasiya sohalarida 15 hujat imzolangan.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar muzokaralar, odatdagidek, ochiq va samimiy, ishchanlik ruhida o`tganini, erishilgan kelishuvlardan xursandligini ta`kidladilar. 2017 yil O`zbekiston va Turkmaniston munosabatlarida tarixiy yil bo`ldi. Hozirgi kunda hamma kelishuvlarimiz to`la amalga oshirilyapti. Bugungi uchrashuvimiz ham juda samarali bo`ldi. Mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikni chuqur, har tomonlama muhokama qildik. Shuni alohida ta`kidlamoqchimanki, bu borada hal etilmagan masalalar qolmadi. Barcha yo`nalishlar bo`yicha o`zaro anglashuvga erishdik. Shu asosda mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab oldik. Biz nimaiki qilayotgan bo`lsak, xalqlarimiz uchun, bolalarimizning kelajagi uchun, dedi Shavkat Mirziyoev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1