AsosiySiyosat

Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo`ydi

'Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo`ydi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi, deb xabar berilmoqda Prezidentning rasmiy veb-saytida.

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo`lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo`ydi.

Gurbanguli Berdimuhamedov O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykaliga ham gulchambar qo`ydi.

Buyuk davlat arbobining yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.


    Boshqa yangiliklar