1

"Google" ekspertlari "Windows 10 S"da xavfli nuqson topdi

Hi-tech 24.04.2018, 14:30
"Google" ekspertlari "Windows 10 S"da xavfli nuqson topdi

“Google” kompaniyasining xavfsizlik borasidagi mutaxassislari “"Windows 10 S” operasion tizimida “o`rta og`irlikda”gi nuqsonni aniqlagan.

Bu haqda kompaniyaning rasmiy blogida e`lon qilindi, deb xabar berdi O`zA.

Qayd qilinganidek, "Windows 10 S "dagi nuqson xakerlarga o`zboshimcha kod bilan operasion tizimni buzib kirishga sharoit yaratib berishi mumkinligi haqida "Google" joriy yilning yanvar oyida ishlab chiqaruvchilarga hisobot jo`natgan bo`lgan. Ammo, belgilangan muddat ichida ishlab chiqaruvchilar tizimdagi zaiflikni bartaraf etmagan. Shundan so`ng "Google" ekspertlari "Windows 10 S"dagi nuqsonni ommaga oshkor etishga majbur bo`lgan.

Ma`lum bo`lishicha aniqlangan zaiflik faqat “Windows 10 S“ga tegishli. Shu boisdan "Windows 10” foydalanuvchilari bundan xavotirlanmasa ham bo`ladi.

Ma`lumot uchun: “Windows 10 S“ "Windows 10”ning aynan ta`lim sohasiga mo`ljallangan engil variantidir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1