Salkam bir oydan buyon internet tarmoqlarida e`lon qilinayotgan — “Fiksiki Toshkentda” yangi myuzikl shousi haqida eshitgan bo`lsangiz kerak...
Kuni kecha “Proart” kompaniyasi, yozgi ta`til kunlari oldidan tashkil etilayotgan ushbu bayramga to`sqinlik qilayotganlar haqida so`z ochdi.
Gap shundaki, Rossiyadagi “fiksik” qahramonlarining mualliflari, 26 mayda bo`lib o`tishi kerak bo`lgan dasturda ular yaratgan multobrazlarning chiqishiga e`tiroz bildirishgan. Aytishlaricha, mualliflik huquqi ular tomonidan lisenziyalangan bo`lib, o`zlari yaratgan qahramonlarni o`zbek sahnasida ko`rinishlarini xohlashmaydi. Ammo bayram dasturi oldindan e`lon qilingan, ustiga-ustak chiptalar ham sotilganini e`tiborga olgan holda, uni bekor qilish mumkinmi? Yo`q! Shuning uchun ham “Proart” rahbariyati, mualliflarni yurtimizga taklif qilishdi. Va bayramda aynan o`zlari ishtirok etishlari uchun barcha moliyaviy masalalarni o`z bo`yniga olishdi ham. Biroq, ming afsuski, bolajonlarni sevimli multqahramonlarining egalari, “Fiksik”larni Toshkentda “ko`rsatishga” qa`tiy qarshilik bildirishdi. Sabab? Afsuski, buning sababi ham noaniq.
“FIKSIK”LAR EMAS, “PUPSIK”LAR TAMOShA KO`RSATADI!
Ushbu xabarni o`qib, endi myuzikl bekor qilinadi, deb chiptalarni qaytarishga hech ham shoshmang! Chunki bolalar uchun 26 may, soat 11:00, 14:00 va 17:00 da tashkil etilgan shou — “fiksik”lar emas, yangi nom — “pupsik”lar sifatida e`tiboringizga havola etiladi. Bolalarni hayratini oshirib, ko`zini quvontiradigan “pupsik”lar yumshoq va katta o`yinchoqlar ko`rinishida bo`lib, sizlarga manzur kelishiga ishonchimiz komil. Kichkintoylar ertaklardagi qiziqarli voqealar ketma-ketligini sahnada, jonli tarzda kuzatish imkoniyatiga ega bo`lishlari mumkin.
“FIKSIK”LAR MEXR OQIBATNI KO`RSATADI, AMMO UNING MUALLIFLARI BUNING AKSINI ISBOTLAShDI!
Shu o`rinda, yuqoridagi tushunmovchilikka yana bir karra to`xtalishni lozim topdik. Zero, kitoblarda yoki ekrandami, biz bolajonlarga yaxshilik, ezgulik va yon-atrofdagilarga mexr ulashishni o`rgantamiz. Qaysi voqeani so`zlamaylik, ularda faqat yaxshilik g`olib bo`lgan. Hatto bu kelishmovchilik holati ham bundan mustasno emas. Rossiyalik “ijodkorlar” oddiy sabablarni aytib, bayram dasturini bekor qilishga qancha urinishmasin, buni uddasidan chiqa olishmadi. Ammo masalaning o`zi, ochig`i, bizni biroz o`ylantirmoqda. To`g`ri, Toshkentdagi tashkilotchilar o`ylab topilgan qahramon mualliflarni ogohlantirmay, sahnaga olib chiqmoqchi bo`lishgani, yo`l qo`yilgan kichik kamchilik. Biroq bular, “Fiksik”larni ekranda ko`rishga odatlangan bolalar uchun qilinayotgan hursandchilik bilan solishtirganda, katta muammoni tug`dirmaydi, nazarimizda. Axir, ijodkor qay erda ishlamasin, birinchi galda qalblarda insoniylik, yaxshilikni uyg`otishni maqsad qilmaydimi? Yana bir gap, hatto “Fiksik”lar yurtimizga taklif qilinsa ham rad etishsa... Ochig`i, bu “ijodkor”larning harakat va maqsadni tushunish va baholash biroz qiyin...
Ammo tashkilotchilar bo`lib o`tgan ko`ngil xirraliklarga ko`p e`tibor bermay, “Pupsik”lar bilan shou dasturga sitqidildan tayyorlanishda davom etishlari quvonarli hol! Axir, 26 mayda bo`lib o`tadigan “Pupsiklar” bilan uchrashuv maroqli o`tishi va`da qilinmoqda! Bu maqsadda marraga erishish shart!
Demak, yurtimiz barcha bolajonlarini, 26 may soat 11:00, 14:00 va 17:00 “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadigan, yangi myuzikl shou “Pupsiklar Toshkentda”ga taklif etamiz. Bahorning so`nggi kunlaridagi katta bayram, bolalik xotiralarida bir umrga saqlanib qolishiga esa shubha yo`q.
Qo`shimcha ma`lumotlar uchun: +99895 177 33 35