AsosiyDunyo

Ostonada Chingiz Aytmatov yubileyi nishonlandi

'Ostonada Chingiz Aytmatov yubileyi nishonlandi'ning rasmi

Ostona shahrida Chingiz Aytmatovning 90 yilligiga bag`ishlangan xalqaro Forum o`tkazildi.

Buyuk adabiyotshunosning hayoti va ijodi hamda uning dunyo madaniyatiga qo`shgan hissasi haqida o`tkazilgan ushbu tadbir Qozog`iston Respublikasi Prezidenti ma`muriyati ko`magida Xalqaro Turk akademiyasi tomonidan tashkil etildi.

Forumni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti ma`muriyati ichki siyosat bo`limi mudiri Aida Balaeva ochib berdi.

01.jpg

Forum doirasida Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodiga bag`ishlangan qirg`iz rejissyori Ortikboy Suyunduqovning filmi namoyishi hamda Qirg`iziston sobiq davlat kotibi Osmonakun Ibraimovning kitobi taqdimoti o`tkazildi.

05.jpg

“Chingiz Aytmatovning shaxsiy hayoti aks etgan ushbu kitobimning ilk taqdimoti bugungi forumda o`tkazilayotganidan xursandman. Ushbu asarim rus tilida bo`lib, hozirgi kunda boshqa tillarga ham tarjima qilinmoqda. Qolaversa, yaqinda Moskva shahrida “Ajoyib insonlar hayoti” nomi bilan ham chop etilishi kutilmoqda”, deydi asar muallifi Osmonakun Ibraimov.

Xalqaro Turk akademiyasi prezidenti Darxon Qidirali ushbu forum buyuk yozuvchining yubileyini nishonlash bo`yicha yagona tadbir bo`lmasligini qayd etdi: “Chingiz Aytmatovning 90 yilligi munosabati bilan biz Qirg`izistonning taniqli olimlari bilan uchrashganimizdan, tadbirda taniqli qozoq davlat arboblari ham ishtirok etayotganidan mamnunmiz. Yubileyga bag`ishlangan qator tadbirlarni kelgusi haftada YuNESKO bilan birgalikda nishonlaymiz. Bayram O`zbekiston, Turkiya va boshqa mamlakatlarda ham o`tkaziladi, yakuniy tadbir Bishkek shahrida bo`lib o`tadi”.

    Boshqa yangiliklar