Braziliyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati ishtirokchilari nimchorak final uchrashuvlarini yakunlashdi.
So`nggi ikki uchrashuv ham 120 daqiqa davom etdi. Argentina 118 daqiqaga qadar Shveysariya darvozasiga yo`l topa olmadi. Nihoyat uchrashuv yakunlashiga 2 daqiqa qolganida Di Mariya g`alaba to`pini kiritdi – 1:0.
Ikkinchi nimchorak final uchrashuvida esa Belgiya terma jamoasi qo`shimcha bo`limlarda AQSh ustidan 2:1 hisobida g`alaba qozondi.
Demak, barcha chorak final juftliklari bilan tanishing:
Braziliya – Kolumbiya
Fransiya – Germaniya
Gollandiya – Kosta-Rika
Argentina – Belgiya
4 iyul kuni Braziliya-Kolumbiya uchrashuvi 21:00da, Fransiya-Germaniya uchrashuvi esa 01:00 da bo`lib o`tadi.
5 iyul kuni Gollandiya-Kosta-Rika uchrashuvi 21:00da, Argentina-Belgiya uchrashuvi 01:00 da start oladi.





