Haftalik bashorat: Ajoyib sarguzashtlar pallasi!

Munajjimlar bashorati 30.04.2018, 09:17
Haftalik bashorat: Ajoyib sarguzashtlar pallasi!

30 aprel—6 may, 2018 yil

Hamal

Yangi do`stlar orttirasiz. Bu hayotingizda tub burilishlar yasashi mumkin. Moddiy ahvolingiz ham sezilarli darajada yaxshilanadi. Bundan ruhlanib yanada olg`a harakat qilish sizga yangi bilim va ko`nikmalar beradi.

Oilangizda ham xotirjamlik hukm surishi kutilmoqda. Va hafta oxirida ko`pdan beri echimini kutib yotgan ishlaringizni hal etasiz.

Savr

Qancha urinsangiz ham barcha harakatlar besamar yakun topishi mumkin. Faqat bundan siqilmang. Ozroq sabr qilsangiz hammasi iziga tushib ketadi. Yulduzlar sizga og`ir- bosiq bo`lishnimaslahat beryapti. Hamma ishingizni bir chetga surib, bor e`tiborni oilangizga qarating. Dam olish kunlari farzandlaringiz bilan ko`ngilochar maskanlarga tashrif buyuring.

Javzo

Ko`pdan beri rejalashtirib yurgan orzularingiz amalga oshadi. Biznes hamkorlar bilan muhim shartnomalar imzolaysiz. Faqat hushyor bo`ling.

Haftaning ikkinchi yarmida xizmat safariga chiqishingiz mumkin. Safar davomida ko`p ajoyib sarguzashtlar kutyapti. Salomatligingizga ehtiyot bo`ling.Har qanday sharoitda ham dam olish kunlarini oila davrasida o`tkazing.

Saraton

«Saraton»lar uchun bu hafta yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi. Oldin bajarolmagan ishlaringizni osongina uddalaysiz. Natijada, moddiy ahvolingiz ham sezilarliyaxshilanadi. Yaqindan bilmagan kishilar bilan ham hech ikkilanmay kelishuv shartnomalar imzolayvering. Axir, o`ychining o`yi bitguncha tavakkalchining ishi bitadi.

Dam olish kunlari do`stlaringiz tashrifidan xursand bo`lasiz.

Asad

Bu hafta sizni qo`llab-quvvatlovchilar ko`p. Bunday imkoniyatdan unumli foydalanib qoling. Aks holda afsuslanib qolishingiz mumkin. Ishxonada tashabbuslaringiz rag`batlantiriladi. Hamkasblar sizga havas qilishadi. Ularga minnatdorlik bildirishni unutmang. Juma — xaridlar uchun qulay kun. Ish bilan bo`lib yaqinlaringizni ham unutib qo`ymang. Dam olish kunlari ularni yo`qlang.

Sunbula

Taqdir tuhfalaridan boshingiz ko`kka etadi. Orzularingiz ushaladi. Yaxshi pul topish imkoniyatiga ega bo`lasiz. O`zingiz xohlagandek xaridlar qilasiz. Faqat ortiqcha xarajatlarga yo`l qo`ymang. Moddiy zarar ko`rishingiz mumkin. Atrofdagilar sizni har tomonlama qo`llab-quvvatlaydi. Hafta so`ngida ko`pdan beri ko`rishmagan yaqinlaringiz bilan uchrashasiz. Bundan, albatta, xursand bo`lasiz.

Mezon

Yo`l qo`ygan xatolaringizni tuzatib, tahlil qilasiz. Ulardan tegishli xulasa chiqarish vaqti keldi. Bu sizga kelajakda yordam beradi. Yulduzlar pulni tejab ishlatishni maslahat beryapti.

Qarindoshlar bilan biroz ziddiyatga duch kelishingiz mumkin. Buni o`ylab asabni buzmang. Hafta so`ngida hammasi ijobiy echim topadi. Dam olish kunlarini do`stlar davrasida o`tkazasiz.

Aqrab

Tanlovlar qarshisida biroz ikkilanasiz. Yon-atrofingizdagilar sizni chalg`itishi mumkin. Ko`nglingizga quloq soling. Insonning ichki sezgisi hech qachon aldamaydi.Yaqinlaringiz qarz so`rashi ehtimoli bor. Ularni rad etmang. Sog`ligingizga e`tiborli bo`ling. Oshqozon bilan bog`liq muammolar bezovta qilishi mumkin. O`z vaqtida buning oldini oling.

Qavs

Kayfiyatingiz tez-tez o`zgarib turadi. Hissiy beqarorlik bezovta qilib turadi. Bundan qutulish uchun har qanday ijodiy faoliyat turi yordam beradi. Xohlang, tabiat bag`riga chiqib rasm chizing, chiroyli lavhalarni fotoga muhrlang, uy yo hovlingizning dizaynini o`zgartirarsiz, balki. Salomatlik bilan bog`liq muammolarga ham duch kelishingiz mumkin. Biror bezovtalikni sezdingizmi, kechiktirmay, shifokorga murojaat eting.

Jadiy

Bu hafta siz uchun unutilmas voqealarga boy bo`ladi. Ko`plab qiziqarli uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etasiz. Bunday qulay imkoniyatdan unumli foydalanib qoling. Aks holda moddiy tomonlama hech qanday o`zgarish bo`lmaydi.

Haftaning ikkinchi yarmida taklif va g`oyalaringizni rahbariyat ham qo`llab-quvvatlaydi. Albatta, bundan xursand bo`lasiz. Dam olish kunlari mehmonga taklif etilasiz.

Dalv

Dalv burji vakillari bu hafta moddiy tomonlama ahvollarini ancha yaxshilab oladilar. Biznes hamkorlar bilan muhim va foydali shartnomalar imzolanadi. Ular sizning taklif va g`oyalaringizni jon deb qabul qilishadi. Tashabbuslaringiz munosib mukofotlanadi. Taqdirning bunday tuhfalarini minnatdorlik bilan qabul qiling. Shanba va yakshanba miriqib hordiq chiqaring.

Hut

Bu hafta sizga ta`sir o`tkazuvchilar ko`p bo`lishi mumkin. Ularga ahamiyat bermang. Ishingizdan chalg`imay olg`a harakat qilsangiz, albatta, yutasiz. Ishda ham, oilada ham xushmuomalabo`ling. Takabburlik qilmang.

Haftaning ikkinchi yarmida yaxshigina daromadga ega bo`lasiz. Dam olish kunlari ochiq havoda sayr qilsangiz, taningiz kuch-quvvatga to`ladi.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1