AsosiyShou-biznes

Shakira JCh-2014 yopilish marosimida qatnashadi

Kolumbiyalik xonanda Shakira Braziliyada bo`lib o`tayotgan jahon chempionati final uchrashuvi oldidan musobaqa yopilish marosimida qatnashadi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda.  

Final uchrashuvi 13 iyul kuni Rio-de-Janeyrodagi “Marakana” stadionida bo`lib o`tadi. 
Uchinchi bor jahon chempionatida qatnashayotgan Shakira bu yili o`zining La la la (Brazil 2014)  ko`shig`ini ijro etadi. 

“Jahon chempionati ko`p insonlar uchun juda ham muhim voqeadir. Men ushbu musobaqaning yopilish marosimida qatnashishdan baxtiyorman va o`sha onlar tezroq kelishini intizorlik bilan kutayapman”,-dedi Shakira. 

Eslatib o`tamiz, Jahon chempionati Braziliyaning 12 ta shaharida bo`lib o`tmoqda. G`olib jamoa 35 million, ikkinchi o`rin 25 million va uchinchi o`rinni qo`lga kiritgan terma jamoa 22 million AQSh dollari miqdorida mukofot puliga ega bo`ladi.  

 

    Boshqa yangiliklar