AsosiyShou-biznes

O`zbek kinematograflari 8 ta badiiy film ustida ishlashmoqda

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan o`zbek kinematograflari bir vaqtning o`zida 8 ta badiiy va sarguzasht ertak-filmlari ustida ish olib bormoqdalar. Bu haqda Podrobno.uz xabar beradi. 

Ular ichida 6 ta badiiy, ertak film hamda to`liq metrajli animasion filmlar “O`zbekfilm” kinostudiyasida suratga olinmoqda.

“Er tafti”, “Hayot-da” kabilar shular jumlasidandir. Bundan tashqari kinostudiyada “Quyosh yurti pahlavoni” nomli to`liq metrajli animasion film, “Oyqiz ertagi” nomli ertak film suratga olinmoqda.

“Vatan” kinostudiyasi hamda Yoshlar-tajriba 5-studiyasida “Gumrohlar” va “Soya” nomli to`liq metrajli filmi suratga olinmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar