AsosiySport

800 nafar futbolchidan doping-tahlil namunalari olindi

Futbol bo`yicha Jahon chempionati-2014 doirasida futbolchilardan doping-tahlil namunalari olindi. Biroq ularning birortasida ham ijobiy natija qayd etilmadi. Bu haqida FIFA prezidenti Yozef Blatter bayonot bergan.

Evropa tomondan tizimning yomon ishlatilganligi haqida tanqidiy fikrlar ham bildirilgan. Lekin, shunga qaramay o`yinchilar ichida biror kishining doping ishlatganligi aniqlanmadi.

FIFA Butunjahon antidoping agentligi bilan Jahon chempionati tarixida ilk bora jamoalar tarkibidagi har bir futbolchini birma-bir tekshiruvdan o`tkazdi. Tekshiruv vaqtida faqat birgina kamchilik kuzatildi. Bu ham bo`lsa, Rio-de-Jeneyro antidoping laboratoriyasini qurish ishlari kechikishi biroz noqulaylik tug`dirdi. Shu sababli tahlillar Shvesariyada amalga oshirildi.

- Qurib bitkazishga ulgurilmagan laboratoriya Olimpiada-2016 gacha foydalanishga topshiriladi, deya fikr bildirdi Blatter. 

    Boshqa yangiliklar