Forbes jurnali Jennifer Lourensni eng obro`li aktrisa deya e`lon qildi.
23 yoshli aktrisa “Oskar” mukofotining uch nominasiya bo`yicha nomzod bo`lgan va bittasida g`alaba qozongan.
Har yili e`lon qilinadigan reytingning 2-pog`onasini 49 yoshli aktrisa Sandra Bullok qo`lga kiritdi. Uchinchi pog`onadan Anjelina Joli o`rin oldi. Shuningdek, Top-10ga Skarlett Yoxansson, Jeniffer Eniston, Emi Adams, Gvinet Peltrou, Meril Strip, Kemeron Diaz va Natali Portmanlar kiritildi.





