1

O`zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirlari hamkorlikni kengaytirishga kelishdi

Siyosat 02.05.2018, 09:39
O`zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirlari hamkorlikni kengaytirishga kelishdi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on boshchiligidagi delegasiyaning O`zbekistonga davlat tashrifi doirasida, O`zbekiston Ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon So`ylu bilan muzokaralar o`tkazdi, deb xabar qildi O`zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Ikki mamlakat Ichki ishlar vazirlari tomonidan "O`zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o`rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik qilish to`g`risida Bitim", "O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati o`rtasida huquqni muhofaza qilish sohasida o`qitish bo`yicha hamkorlik to`g`risida Protokol"lari imzolangan.

Ikki mamlakat IIV rahbarlari o`tkazgan muzokara davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, terrorizm va turli xil xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek, bu kabi jinoyatlarni oldini olishda o`zaro hamkorlik muhimligi bildirilgan.

"O`zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirlari ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash, hamkorlik salohiyatini yanada yuqoriga ko`tarish maqsadida, ikki mamlakat Ichki ishlar vazirliklari o`rtasida Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuzish masalasini muhokama qilishdi", - deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1