Dunyoda, hususan Ukrainada Valeriya Lukyanova, Anastasiya Shpagina, KotaKoti, Vanilla Chamu kabi Barbi qo`g`irchog`i ko`rinishidagi qizlarning borligi allaqachon shov-shuvga aylangan.
Day.az nashrining xabar berishicha, yaqin kunlarda Ukrainada ana shunday Barbi “qo`g`irchoqlaridan” yana biri Alina Kovalevskaya paydo bo`ldi va u haqidagi ma`lumotlar internet sahifalarida tobora tez tarqalmoqda.
21 yoshli bu qiz haqiqiy Barbi qo`g`irchog`iga o`xshash uchun yuziga ko`plab pardoz vositalari yordamida oro beradi. Albatta bu holatgacha u bir qancha plastik jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirgan.
Garchi uni Valeriya Lukyanovaga o`xshatayotgan bo`lsalarda, u o`zini Barbi qo`g`irchog`iga boshqalardan ko`proq o`xshashini aytgan.