AsosiyDunyo

Fransiyada ona o`quvchilar ko`z o`ngida farzandining ustozini o`ldirdi

Fransiyaning Albi shahrida o`quvchining onasi maktabga pichoq bilan keldi va bolalar ko`z oldida farzandining 34 yoshli o`qituvchisini pichoqlab qo`ydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.

“Juma kuni tongda o`quvchilardan birining onasi pichoq bilan maktabga keldi va bolalar ko`z oldida o`qituvchiga pichoq bilan zarba berdi. Onaning harakati sabablarini tergov aniqlaydi”,-dedi prokuror Klod Deran.  Birinchi tez yordam ko`rsatilganiga qaramay, o`qituvchi vafot etdi.

Fransiya ta`lim vazirining voqea joyiga tashrif buyurishi kutilmoqda.

“Ushbu voqea maktab ichi va atrofida zo`ravonlikka qarshi kurashish kerakligini yana bir bor isbotladi”,-dedi maxsus xizmat matbuot kotibi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar